Softa.uz

Ko'p so'raladigan savollar

Softa.uz qanday ishlashi, to'lov, hamyon va hisob haqida qisqa javoblar. Umumiy ma'lumot: Softa.uz haqida.

Softa.uz nima?

O'zbekistondagi IT va kreativ xizmatlar bozori. Unda xizmatlar, tayyor dasturlar va startaplar e'lonlari hamda mutaxassislar profillari bor. Narx va muddat chatda kelishiladi, to'lov ish qabul qilinguncha hamyonda muzlatib turiladi. Xizmatni Core Team yuritadi.

Softa.uz pullikmi? Komissiya olinadimi?

Hozircha foydalanish va bog'lanish bepul. Komissiya olinmaydi — buyurtmadan ham, hamyonni to'ldirish va pul yechishdan ham.

To'lov qanday himoyalanadi?

Mutaxassisning narx taklifini qabul qilganingizda summa hamyoningizda muzlatiladi. U mutaxassisga ishni qabul qilganingizda o'tadi. Topshirilgan ishga 72 soat ichida javob berilmasa, ish avtomatik qabul qilinadi.

Ish yoqmasa yoki muammo bo'lsa-chi?

Ishni qabul qilishdan oldin uni qayta ishlashga qaytarishingiz yoki buyurtmada muammo haqida xabar berib, sababini yozishingiz mumkin. Softa jamoasi muammoni ko'rib chiqadi va summani hamyoningizga qaytaradi yoki mutaxassisga o'tkazadi. Muammo ko'rib chiqilayotganda 72 soatlik avtomatik qabul ishlamaydi. Mutaxassis buyurtmani bekor qilsa, summa to'liq hamyoningizga qaytadi.

Hamyonni qanday to'ldiraman?

Profil → Hamyon → “Hisobni to'ldirish”. To'lov Click orqali o'tadi, karta ma'lumotlari faqat Click'da kiritiladi va Softa'ga yetib kelmaydi.

Pulni kartaga qanday yechib olaman?

Profil → Hamyon → “Pul yechish”. Hamyondagi joriy (muzlatilmagan) qoldiqni kartangizga yechib olasiz. Eng kam summa — 10 000 so'm; joriy qoldiq bundan kam bo'lsa, uni to'liq yechib olish mumkin. Komissiya yo'q. So'rov qo'lda ko'rib chiqiladi, bir vaqtda bitta so'rov yuborish mumkin.

Qanday qilib xizmat yoki dastur sotaman?

Bir marta mutaxassis profilini to'ldirasiz: unda nima qilishingiz va qaysi yo'nalishlarda ishlashingiz yoziladi. Profil shaxs yoki kompaniya nomidan bo'lishi mumkin. Shundan keyin xizmat va dastur e'lonlarini joylay olasiz. Alohida rol tanlash shart emas.

Ro'yxatdan o'tish uchun nima kerak?

18 yoshga to'lgan bo'lishingiz kerak. Hisob Google yoki Telegram orqali, iPhone'da Apple orqali ham ochiladi. Katalogni hisobsiz ko'rish mumkin; yozish, buyurtma berish va e'lon joylash uchun hisob kerak.

Startap e'loni nima?

Sherik, jamoa, mablag' yoki sotuv izlayotgan loyiha haqidagi e'lon. Softa mablag' jalb qilish, startapni sotish yoki sotib olish bo'yicha kelishuvlarda qatnashmaydi va ularni rasmiylashtirmaydi: ular tomonlar o'rtasida bevosita, Softa'dan tashqarida tuziladi. Hamyon va takliflar faqat xizmatlar va dasturlar uchun to'lashga mo'ljallangan. Startap e'lonini mutaxassis profilisiz ham joylash mumkin.

“Namuna” belgili e'lonlar nima?

Katalog qanday ishlashini ko'rsatish uchun joylangan namunalar. Ular haqiqiy taklif emas: ularga yozganingizni Softa jamoasi o'qiydi va javob beradi, buyurtma berib yoki to'lab bo'lmaydi.

Qanday qilib shikoyat qilaman yoki bloklayman?

E'lon yoki profil sahifasidagi menyudan “Shikoyat qilish”ni tanlang. Suhbatda yuqoridagi menyudan foydalanuvchi ustidan shikoyat qilish yoki uni bloklash mumkin. Shikoyatlar 24 soat ichida ko'rib chiqiladi. Siz bloklagan odamning yangi xabarlari sizga yetkazilmaydi, uning e'lonlari, profili va sharhlari sizga ko'rsatilmaydi. Bloklash u bilan davom etayotgan buyurtmani to'xtatmaydi: ishni qabul qilish yoki muammo haqida xabar berish mumkin.

Softa qaysi qurilmalarda ishlaydi?

softa.uz saytida brauzer orqali, Google Play'dagi Android ilovasida va App Store'dagi iPhone ilovasida. Sayt va ilovalar o'zbek, rus va ingliz tillarida.

Hisobni qanday o'chiraman?

Profil → Hisobni o'chirish. Tugallanmagan buyurtma yoki hamyonda pul bo'lsa, hisob o'chirilmaydi: avval buyurtmani yakunlang va pulni yechib oling. Batafsil: Hisobni o'chirish.

Softa bilan qanday bog'lanaman?

ooo.core.team@gmail.com manziliga yozing. Odatda 1–2 ish kunida javob beramiz. Nomaqbul kontent, haqorat yoki firibgarlik haqidagi shikoyatlarga 24 soat ichida javob beramiz. Pochta yoki chat orqali parol, SMS kod yoki karta raqamini hech qachon so'ramaymiz.